Huquqni muhofaza qilish akademiyasida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kursiga qabul e’lon qilinadi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kursiga qabul e’lon qilinadi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2025/2026 o‘quv yilida prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash maqsadida zaxirada turgan kadrlar uchun kasbiy qayta tayyorlash kursi uchun qabul boshlangani ma’lum qilinadi.

Mazkur tanlovda prokuratura organlarida kamida 5-yil ish stajiga ega, yuqori lavozimlarga zahirada turgan quyidagi xodimlar ishtirok etishi mumkin:

– Bosh prokuraturaning boshqarma va bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari;

– Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i va o‘rinbosarlari hamda tarmoq rahbarlari;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy va Transport prokurorlari hamda ularning o‘rinbosarlari, sohalar bo‘yicha katta yordamchilar, viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning bo‘lim boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari;

– Tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar hamda ularning o‘rinbosarlari;

– Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosining barcha bo‘g‘indagi boshqarma boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan xodimlar joriy yil 30-oktyabr kuniga qadar tegishlicha kadrlar tarmoqlariga murojaat qilishlari mumkin.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Telegram Facebook