Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Respublika idoralararo komissiyasining media-marafoni

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Respublika idoralararo komissiyasining media-marafoni

2018 yilning 10-14 dekabr kunlari Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni nishonlanishi munosabati bilan BMTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori va BMTning Giyovhand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasi ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Respublika idoralararo komissiyasining bir haftalik media-marafoni o'tkazildi.

Haftalik Toshkentdagi Yoshlar ijodiyot saroyida O'zbekistonning barcha hududlaridan oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari studentlari tomonidan tayyorlangan rasmlar, plakatlar va insholarning ko'rgazmasi bilan boshlandi. Ko'rgazmada 300 dan ortiq san'at na'munalari namoyish etildi. Ko'rgazmadagi ishlar yoshlarning korruptsiya muammosini qanday qabul qilishlarini ko'rsatib berdi.

Haftalik media-marafon doirasida tashkillashtirilgan “Odamlar o'rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni targ'ib qilinishida OAVning roli” seminarida 60 dan ortiq jurnalist ishtirok etdi. Tadbir jarayonida ishtirokchilar OAVning korrupsiya fenomeniga murosasizlikni targ'ib qilish orqali uni profilaktika qilish strategiyasidagi rolini muhokama qilishdi.

Marafonning asosiy voqeasi bo'lmish “O'zbekistonning antikorrupsion islohotlari – 2018: natijalar va ustunliklar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada 100 dan ortiq vazirlik va idoralar, shuningdek xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi. Konferensiya yakunlari bo'yicha ishtirokchilar O'zbekiston Respublikasida antikorrupsion islohotlarni yanada rivojlantirishdagi hamkorlik yo'nalishlarini belgilab olishdi. Tadbirda BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer, BMTning Giyovhand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining Markaziy Osiyodagi hududiy vakili Ashita Mittal, BMTTD Korrupsiyaga qarshi kurashish global dasturi maslahatchisi Anga Timilsina, YEXHT O'zbekistondagi loyihalar koordinatori v.b. Xans-Ulrix Im va boshqa xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Oxirgi kunda “O'zbekiston Respublikasining antikorrupsion choralari: chaqiriqlar, natijalar, ustunliklar” mavzusida media-forum o'tkazildi hamda mazkur media-forum davlat tashkilotlari, OAV, xalqaro tashkilotlar va elchixonalarning 150 dan ortiq vakillarini jamladi. Marosimda O'zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish, korrupsiyani bartaraf etishda fuqarolik jamiyati hamda xususiy sektorning roli, davlat sektorida antikorrupsion choralarning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Marafon oliy ta'lim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlari studentlari o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi rasm”, “Eng yaxshi insho” nominatsiyalari bo'yicha eng yaxshi ijodiy ishlari milliy tanlovi g'oliblarini taqdirlash bilan yakunlandi.