Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha onlayn seminar

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha onlayn seminar


Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirol vositalari tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida onlayn seminar tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zbekiston pochtasi” AJ hududiy filiallaridagi ichki nazorat tizimi xodimlari hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining (“O‘zkomnazorat”) hududiy bo‘lim va bo‘linmalari mutaxassislari ishtirok etdilar.

Akademiya xodimi seminar ishtirokchilariga 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan jinoyat yo‘li bilan topilgan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirol vositalari tarqatilishini moliyalashtirish bilan bog‘liq xatarlarni milliy baholash natijalari hamda bu yo‘nalishdagi xalqaro standartlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Seminar ochiq va konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi hamda ishtirokchilarning ushbu sohadagi amaliy ko‘nikmalarini va bilimlarini yanada oshirishga xizmat qildi.