Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning (IOM) O‘zbekistondagi missiyasi rahbari Endryu Grey bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar Akademiya va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish tizimi bilan tanishib chiqdilar.
Uchrashuvning asosiy maqsadi migratsiya jarayonlarini tartibga solish, migrantlar huquqlarini himoya qilish hamda migratsiya sohasida kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida tomonlar Akademiya va IOM o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.