Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati” bakalavriat yo‘nalishi talabalari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talaba yoshlar kutubxonaning faoliyati, huquqiy adabiyotlar fondi hamda foydalanuvchilar uchun yaratilgan zamonaviy axborot-innovatsion imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shu bilan birga, talabalarga elektron manbalardan foydalanish, normativ-huquqiy hujjatlarni izlash va tahlil qilish, mustaqil tayyorgarlik ko‘rish uchun sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ushbu tadbir talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, kelgusidagi tergov faoliyatida zarur bo‘ladigan kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.