Qashg‘arda bo‘lib o‘tgan xalqaro forumda huquqiy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Qashg‘arda bo‘lib o‘tgan xalqaro forumda huquqiy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi


Xitoy Xalq Respublikasining Qashg‘ar shahrida 2025-yilda «Xitoy (Qashg‘ar) – Markaziy va Janubiy Osiyo» xalqaro huquq ustuvorligi forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari ham ishtirok etdilar.

Forum huquq sohasidagi yetakchi mutaxassislar, davlat idoralari, ilmiy va xalqaro tashkilotlar vakillarini birlashtirgan nufuzli muloqot maydoni bo‘ldi.

Anjuman doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini rivojlantirish, kiberxavfsizlikni mustahkamlash va raqamli davrda xalqaro huquqiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 Shuningdek, ishtirokchilar «Bir makon – bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, transmilliy loyihalarni huquqiy jihatdan ta’minlash hamda barqaror rivojlanishning huquqiy asoslarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.