Kiberxuquq sohasida xalqaro ekspert bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Kiberxuquq sohasida xalqaro ekspert bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida kadrlarning raqamli huquq va kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va malakasini oshirish, o‘quv jarayoniga-ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida xalqaro hamkorlik faoliyati izchil yo‘lga qo‘yilgan.

Shu doirada kiberxuquq sohasida xalqaro ekspert, Pokistonlik huquqshunos olim doktor Nayim Alloh Raqha bilan amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Akademiya talabalari va tinglovchilari bilan hamkorlikda qo‘shma dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, o‘quv-metodik adabiyotlar tayyorlash hamda xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ushbu muloqot Akademiyaning kiberxuquq sohasidagi ta’limni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘lib xizmat qiladi.