Bellashuv Akademiya tinglovchilarining mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmasini mustahkamlash, jamoada ishlash madaniyatini shakllantirish hamda ularning dunyoqarashini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Intellektual o‘yinda “Prokurorlik faoliyati”, “Tergov faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” va “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan tinglovchilar jamoalari ishtirok etdi.
Ular huquq, siyosat, tarix, madaniyat va zamonaviy jarayonlarga oid savollarga javob berish orqali o‘z bilim va tafakkur salohiyatini namoyon etdilar.
O‘yin jarayonida jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti, faollik va o‘zaro hamjihatlik ruhi namoyon bo‘ldi. Tinglovchilarning keng dunyoqarashi, tezkor fikrlashi va nutq madaniyati alohida e’tirof etildi.
Tadbir yakunida g‘olib jamoa va faol ishtirokchilar Akademiya rahbariyati tomonidan darajali diplomlar bilan taqdirlandi.
“Zakovat” intellektual o‘yini tinglovchilar o‘rtasida bilim almashish, do‘stona muhitni mustahkamlash va intellektual salohiyatni oshirishga xizmat qiluvchi samarali tashabbus sifatida baholandi.