Mazkur kurs asosiy ish faoliyatidan ajralmagan holda, masofaviy formatda tashkil etilgan bo‘lib, tinglovchilarda inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish sohasida zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Kursning asosiy maqsadi – prokuratura va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar hamda milliy qonunchilik me’yorlari bo‘yicha bilim va kasbiy mahoratini yanada chuqurlashtirishdan iborat.
Darslar jarayonida tinglovchilar inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro va mintaqaviy tizimlari, BMTning inson huquqlari bo‘yicha shartnomaviy organlari, tegishli institutlar va ularning vakolatlari, xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikning turli jihatlari hamda ilg‘or xorijiy tajribani milliy amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari bilan tanishmoqdalar.
Ushbu o‘quv dasturi tinglovchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi mas’uliyatini mustahkamlash va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali tatbiq etishga xizmat qiladi.