Yoshlar – korrupsiyaga qarshi kurashish harakatining yetakchilari

Yoshlar – korrupsiyaga qarshi kurashish harakatining yetakchilari


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent hududiy o‘quv markazida "Yoshlar – korrupsiyaga qarshi kurashish harakatining yetakchilari" mavzusida o‘quv treningi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi shaxsiy tarkib va kursantlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini oshirish, halollik madaniyatini shakllantirish hamda yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Trening davomida ishtirokchilar yosh avlodning halollik va shaffoflik tamoyillarini ilgari surishdagi o‘rni, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va jamiyatda unga nisbatan murosasizlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Interaktiv usulda tashkil etilgan mashg‘ulotlar, savol-javob va amaliy misollar yordamida tinglovchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Mazkur o‘quv treningi yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, halollik va adolat qadriyatlarini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.