Akademiya talabalari YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasida ishtirok etdilar

Akademiya talabalari YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasida ishtirok etdilar


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati talabalari 2025-yil 30-oktyabrdan 13-noyabrgacha Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasida ishtirok etdilar.

Mazkur xalqaro anjuman YUNESKOga a’zo davlatlar, ekspertlar va yosh delegatlarni jamlab, ta’lim, fan, madaniyat va innovatsiyalar sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratilgan.

Akademiya talabalarining mazkur konferensiyadagi ishtiroki ularning dunyoqarashini kengaytirish, global tafakkurni shakllantirish hamda O‘zbekistonning gumanitar sohadagi xalqaro hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.