Huquqni muhofaza qilish Akademiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman (shahar) bo‘limlari tezkor xodimlari uchun “Tezkor-qidiruv tadbirlari imkoniyatlaridan foydalanish masalalari” mavzusida malaka oshirish kursining o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Malaka oshirish kursida dasturi Departament xodimlarining kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, ularni fosh etishda raqamli kriminalistika va tezkor-qidiruv imkoniyatlaridan foydalanish, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish tartibi, tezkor-qidiruv tadbirlari natijalaridan jinoyat protsessida foydalanish shartlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Tinglovchilarga shuningdek iqtisodiy jinoyatlarni aniqlash va fosh etishning maxsus usullari, tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni olib borish mexanizmlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni berish nazarda tutilgan.
Ushbu kurs Departament xodimlarini nazariy va amaliy bilim-ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy bilimlar bilan boyitish, professionallik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.