O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining mustaqil izlanuvchilari maxsus fanlar va xorijiy til bo‘yicha malaka imtihoni topshirdilar.
Imtihon Akademiya, Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Adliya akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti lingvist-mutaxassislarining yetakchi olimlari ishtirokida shakllantirilgan komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Mustaqil izlanuvchilarning maxsus fanlar bo‘yicha tayyorgarlik darajasini va xorijiy tilni bilish ko‘nikmalarini baholash maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari, mavjud ilmiy muammolar va ularning dissertatsiya tadqiqotlari doirasidagi yechimlariga oid savollarga javoblar olindi.
Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan izlanuvchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.