O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga Qirg‘iz Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari U. Konkubayeva boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida delegatsiya Akademiyaning prokuratura va tergov organlari xodimlarini o‘qitish jarayoni, ta’limda qo‘llanilayotgan yangi pedagogik usullar va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirildi.
Uchrashuv davomida mehmonlar Akademiya tashkiliy tuzilmasi, faoliyat yo‘nalishlari, yaratilgan zamonaviy ta’lim infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek tashrif davomida delegatsiya a’zolarida Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti keng qiziqish uyg‘otib, uning faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Konstruktiv ruhda o‘tkazilgan muloqotda tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish va kengaytirishga kelishib olishdi.