Akademiyada Davlat bayrog‘ining 34-yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Akademiyada Davlat bayrog‘ining 34-yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Shulardan biri sifatida bakalavriat talabalari ishtirokida “Bir vatan, bir el, bir bayroq!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, PhD O.Alimardonov ma’ruzachi sifatida taklif etildi.

Uchrashuvda Davlat bayrog‘ining mamlakat mustaqilligi ramzi sifatida qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati, rang va timsollar orqali xalqimizning shonli o‘tmishi, ezgu orzulari va yuksak kelajakka intilishi ifodalangani haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yosh avlod ongida vatanparvarlik, fidoyillik, tinchlik va barqarorlik g‘oyalarini mustahkamlashning dolzarbligi alohida ta’kidlandi.

Ma’ruzachi tomonidan davlat ramzlarining tarixiy va ma’naviy mazmunini chuqur anglash, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va har bir ramz ortidagi ulug‘ g‘oyalarni to‘g‘ri talqin qilishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida talabalar Davlat bayrog‘ining tarixi va uning mazmuniga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.