Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga AQSH Davlat departamentining Terrorizmga qarshi kurash dasturi Markaziy Osiyo bo‘yicha maslahatchisi T.Kreyg va AQSH Adliya departamentining ICITAP dasturi vakili S.Lettik bilan navbatdagi ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda xorijiy mehmonlar Akademiyada olib borilayotgan o‘quv jarayoni va ta’lim tizimi bilan tanishtirilib, kelgusi hamkorlik yo‘nalishlari, qo‘shma tadqiqotlar olib borish va yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan fikr almashdilar.
Tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish va huquqni muhofaza qilish sohasida kadrlarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.