O‘zbekiston standartlar institutida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri  

O‘zbekiston standartlar institutida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri  


O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston standartlar instituti xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyot zavoli” mavzusidagi seminar o‘tkazildi.

Seminarda Akademiyaning Korruputsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari taqdimotlar bilan ishtirok etishdi.

Ekspertlar ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat hayotining turli sohalariga yetkazadigan zararli oqibatlari, korrupsiya illatiga qarshi kurashish bo‘yicha milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar xususida ma’lumot berishdi.

Asosan muhokamalar shaklida o‘tkazilgan tadbir davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi tura olish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha to‘liq ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.