2018 yilning 21 dekabrida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo'lim boshliqlari ishtirokidagi malaka oshirish kurslari yakunlandi.
Dasturga asosan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlashda prokuratura organlari oldiga qo'yilayotgan vazifalarning mazmun-mohiyati, Byuro organlari tomonidan majburiy ijro harakatlarini amalga oshirishda qonun normalariga rioya qilish masalalari hamda sohadagi huquqbuzarliklarni oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan ma'ruza hamda amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.
Malaka oshirish kurslari davomida tinglovchilar o'zlarining amaliy faoliyatlarida kelib chiqayotgan muammoli vaziyatlarni tahlil qilib, Akademiya professor-o'qituvchilari hamda o'quv mashg'ulotlariga jalb qilingan boshqa mutaxassislar tomonidan tegishli kasbiy huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tinglovchilarning kelgusida malaka oshirish kurslarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalari o'rganildi.
O'quv mashg'ulotlari yakuni bo'yicha tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.