Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan Toshkent amaliyot fanlari universitetida tashkil etilgan «Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari» mavzusidagi tadbirda ishtirok etdilar.
Tadbirda ishtirokchilarga Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida alohida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan inson huquqlari borasida batafsil ma’lumot berildi. Ma’ruzachilar konstitutsiyaviy kafolatlarni mustahkamlash, demokratik institutlarni rivojlantirish va jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan islohotlarning ahamiyatini ta’kidladilar.
Muhokamalar davomida inson huquqlarini muhofaza qilishning milliy mexanizmlari, yoshlar o‘rtasida huquqiy ongni shakllantirishga qaratilgan tashabbuslar hamda ushbu sohadagi davlat siyosatini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqildi.
Tadbir talabalarning huquqiy dunyoqarashini kengaytirish, fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash va Konstitutsiya qadriyatlariga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qiladi.