Akademiya talabalari saf va o‘q otish tayyorgarligining asosiy ko‘nikmalarini o‘zlashtirmoqda

Akademiya talabalari saf va o‘q otish tayyorgarligining asosiy ko‘nikmalarini o‘zlashtirmoqda


Akademiya talabalarining kasbiy bilim va malakasini oshirish, jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda ularda zarur kompetensiyalarni shakllantirish orqali kelgusidagi xizmat faoliyatiga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida amaliy yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda.

“Harbiy va jismoniy tayyorgarlik” moduli asosida o‘q otish va saf tayyorgarligi fanlaridan bakalavriatning 1-bosqich talabalari bilan kompleks yondashuv asosida amaliyotchi harbiy xizmatchilar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Har bir-talabalar-guruhi bilan o‘q otish tayyorgarligi doirasida Makarov pistoletini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi, o‘qotar quroldan otish qoidalari va to‘g‘ri mo‘ljallash, saf tayyorgarligi fanidan esa qurolsiz saf amallarini bajarish kabi o‘quv savollar amaliy tarzda olib borildi.