Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti vakili bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti vakili bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2018 yil 21 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (IHRT) Antikorrupsion tarmog'i kotibiyati vakili Tatyana Xavanska bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Akademiya rahbariyati, professor-o'qituvchilari hamda malaka oshirish kurslarida o'qiyotgan tinglovchilar ishtirok etdi.

Tadbirda T.Xavanska so'zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish va bu borada institutlar faoliyati, korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan asosiy islohotlar, korrupsiyaga qarshi siyosat hujjatlari (strategiya, harakat rejalari) va ularning monitoringi kabi masalalar bo'yicha tegishli ma'lumotlarni taqdim etdi.

Ma'ruza yakunida xalqaro ekspert tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.