Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Milliy bankda seminar o‘tkazildi

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Milliy bankda seminar o‘tkazildi


Akademiya tomonidan Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan hamkorlikda bankning yosh xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida o‘quv seminari seminari tashkil etildi.

Aralash tarzda o‘tkazilgan seminarda bankning markaziy mahkamasi va barcha hududiy tuzilmalarining ishga yangi qabul qilingan 500 nafarga yaqin yosh xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov Milliy bank bilan har yili an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari ahamiyati, mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Akademiya tomonidan bu borada “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi orqali xodimlarning malakasini oshirish faoliyati va natijalari, kelgusidagi rejalar xususidagi taqdimot bilan chiqish qildi.

O‘quv seminari Milliy bank tizimiga ishga kirgan yosh xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xabardorligini oshirishga, ularda Akademiya tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishishga imkon berdi.