Ixtisoslashtirilgan prokurorlar korpusi xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish kursi o‘tkazildi

Ixtisoslashtirilgan prokurorlar korpusi xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish kursi o‘tkazildi


Akademiyada Bosh prokuror tomonidan o‘quv jarayonini prokuratura organlarining kasbiy faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga oid belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Ixtisoslashtirilgan prokurorlar korpusining tuman (shahar) prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari hamda viloyat prokuraturalari xodimlari ishtirokida “Sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilishida davlat ayblovini quvvatlash hamda sud qarorlari ijrosini ta’minlashda prokuratura organlarining roli” mavzusida malaka oshirish kursi o‘tkazildi.

O‘quv dasturi aralash ta’lim shaklida, Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan prokurorlik amaliyotidagi dolzarb masalalardan kelib chiqqan holda mavzu doirasida shakllantirilgan o‘quv kontenti asosida olib borilib, yo‘nalishda mavjud bo‘lgan muammolar tahlil etildi.

Malaka oshirish kursining yakuniy bosqichida tinglovchilarning masofadan o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari bevosita auditoriya mashg‘ulotlari jarayonida trening hamda o‘qitishning interfaol uslublaridan foydalangan holda, muammoli-vaziyatli holatlarni tahlil qilish va kazuslar yechimini topish vositasida mustahkamlandi.

Malaka oshirish kursi natijalariga ko‘ra tinglovchilar tomonidan mustaqil ravishda tayyorlangan laboratoriya ishlarining himoyasi savol-javoblar tarzida amalga oshirildi.