Joriy yilning 22 dekabr kuni O'zbekiston xalqaro islom akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 31 oktyabrdagi “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5566-sonli Farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan Shayxontohur tumani jinoyatchilik sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish ekspert-tahlil guruhining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan tuman ekspert-tahlil guruhi tarkibidagi prokuratura, ichki ishlar, soliq, sog'liqni saqlash, bandlik va mehnat munosabatlari, ta'lim organlari, xotin-qizlar qo'mitasi, o'zini-o'zi boshqarish organlari, “Nuroniy” jamg'armasi, Yoshlar ittifoqi vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasining Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o'rganish markazi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi va diniy soha vakillari ishtirok etdi.
Yig'ilish ishtirokchilari tumandagi jinoyatchilik holatini muhokama qilib, jinoyatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish mexanizmlari, jinoiy-huquqiy statistikani yuritish va jinoyatlarni tahlil qilish jarayoni, huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan batafsil ma'lumot olishdi.
Tadbir jarayonida diniy soha vakillarining muqaddam sudlangan hamda huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo'lgan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishlari masalalariga alohida e'tibor qaratildi.