O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mutaxassislari Kasbiy ta’limni rivojlantirish agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida tashkil etilgan «Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish» mavzusidagi treningda ishtirok etdilar.
Trening davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning oldini olish va korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, halollik va poklik qadriyatlarini shakllantirish, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari, davlat xizmatchilari xizmat odobi qoidalariga rioya etish masalalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda sovg‘alarni olish va berish tartibiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘tkazilgan trening korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, kasbiy halollik, ochiqlik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek xizmat faoliyatida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.