Doktorlik dissertatsiyasi himoyasi

Doktorlik dissertatsiyasi himoyasi

2018 yil 24 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 12.00.07 – “Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo'yicha Ilmiy kengashning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda mustaqil izlanuvchi J.X.Abdurahmonxo'jaevning “O'zbekistonda sudyalar korpusini shakllantirishni takomillashtirish va ularning mustaqilligini ta'minlash” mavzusidagi yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Dissertatsiyani himoya qilish jarayoni ilmiy munozara tarzida, yuksak talabchanlik, qat'iylik, ilmiy axloq-odobga rioya etilgan holda o'tdi. Kengash a'zolari tomonidan dissertatsiyadagi aksariyat ilmiy va amaliy xulosalar hamda tavsiyalarning asoslanganligi alohida e'tirof etildi.

Ushbu ilmiy ish Bosh prokuratura Akademiyasida 12.00.07 – “Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo'yicha himoya qilingan birinchi tadqiqot ishi bo'ldi.

Shu bilan birga, yig'ilishda Bosh prokuratura Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning yillik hisoboti ko'rib chiqildi va tasdiqlandi.