Huquqni muhofaza qilish akademiyasida kitob yarmarkasi: bilimlar ufqini kengaytirish sari

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida kitob yarmarkasi: bilimlar ufqini kengaytirish sari


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tinglovchilar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, shuningdek ilmiy-ma’rifiy bilimlarni kengaytirish maqsadida navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarka doirasida huquq, jinoyat huquqi, kriminologiya, sud-huquq tizimi, psixologiya va boshqa sohalarga oid o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-amaliy adabiyotlar hamda yangi nashrlar namoyish etildi. Tadbir davomida turli janr va mavzulardagi badiiy adabiyot asarlariga alohida e’tibor qaratildi.

Kitob yarmarkasi Akademiyada ta’lim sifatini oshirish, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishish va ularni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.