Huquqni muhofaza qilish akademiyasida AQSH Adliya vazirligi huzuridagi Jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha o‘qitish va texnik yordam ko‘rsatish xalqaro dasturi (ICITAP)ning huquqni muhofaza qilish faoliyati masalalari bo‘yicha attashesi S.Letik bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ICITAP dasturi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish hamda qo‘shma loyihalar va o‘quv dasturlarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish, zamonaviy yondashuvlarni o‘quv jarayoniga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirib, taklif etilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlarni ishlab chiqish va ularning amaliy ijrosini ta’minlashga kelishib oldilar.