Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan jamoatchilik, xususan, oliy yuridik ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun muntazam ravishda ochiq va tanishtiruv tadbirlari tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Akademiyada o‘tkazilgan navbatdagi Ochiq eshiklar kuni bo‘ldi.
Mazkur tadbir Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchi kurs talabalari, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari uchun tashkil etildi. Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasining magistratura ta’lim yo‘nalishlari asosiy e’tibor markazida bo‘ldi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun taqdimot o‘tkazilib, Akademiya magistraturasida ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv dasturlarining mazmuni, ilmiy-amaliy yo‘naltirilgan tayyorgarlik tizimi hamda magistrlarni tayyorlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari Akademiyaning o‘quv binolari bilan yaqindan tanishib, zamonaviy ta’lim infratuzilmasi imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdilar. Ular Axborot-resurs markazi, coworking hududi, amaliy va simulyatsiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan auditoriyalar, poligonlar, laboratoriyalar amaliy va vaziyatli mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan xonalar faoliyati bilan tanishdilar.
Tadbir davomida mas’ul xodimlar tomonidan magistraturada ta’lim olish shartlari, qabul jarayonlarini tashkil etish tartibi, shuningdek, tinglovchilar uchun yaratilgan ta’limiy va ilmiy imkoniyatlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan barcha savollarga