O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Raqamli prokuratura 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-204-sonli Farmoni va 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Akademiya tomonidan izchil tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Akademiya kutubxonasini raqamlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, shuningdek, Akademiya nashrlari nufuzini yanada oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari A.Odinayev boshchiligida “E-LINE press” kompaniyasi vakillari bilan ishchi amaliy uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Akademiyada axborot resurslari ko‘lamini kengaytirish, kutubxona faoliyatiga zamonaviy texnologik uskuna va vositalarni joriy etish, axborot resurslaridan foydalanishda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, jumladan, foydalanuvchilarga inson omilisiz xizmat ko‘rsatish, shuningdek, davriy nashrlarni xalqaro indeksatsiya qilinishini ta’minlash va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muzokara natijasiga ko‘ra, hamkorlikning istiqbollari, yo‘nalishlari vazifa va muddatlar haqida kelishib olindi.
Mazkur uchrashuv Akademiyaning ushbu sohasidagi faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etilishini jadallashtirish va kengaytirish, talabalar va xodimlarga adabiyot va boshqa resurslardan foydalanishni yanada qulaytirishni ta’minlashga qaratilgan navbatdagi qadamlardan biri hisoblanadi.