Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati talabalari davlat stipendiyalari g‘oliblari bo‘lishdi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati talabalari davlat stipendiyalari g‘oliblari bo‘lishdi


2025/2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovi yakunlari e’lon qilindi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi G‘aniyev Xurshid Yoqubjon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, shuningdek, Akademiyaning “Prokurorlik faoliyati” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Qushmakov Rasul Toshmatjonovich Islom Karimov nomli nufuzli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur yutuqlar talabalarning o‘qishdagi yuqori natijalari, ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi faolligi hamda jamoat ishlaridagi tashabbuskor ishtiroki samarasi sifatida e’tirof etildi.

Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lish talabalarning bilim va salohiyatiga berilgan yuksak baho bo‘lib, ularning kelgusida huquqni muhofaza qilish sohasida yetuk mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.