Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining 2026-yildagi dastlabki majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis davomida Akademiya faoliyatiga doir bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, Akademiyaning 2025-yil ikkinchi yarmidagi faoliyati natijalari tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi, shuningdek, kelgusida faoliyatni yanada takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi.
Shu bilan birga, ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid amaldagi qonunchilik talablarini buzgani sababli Akademiyaning 89 nafar mustaqil izlanuvchisi hamda 1 nafar tayanch doktorantini o‘qishdan chetlatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda mustaqil izlanuvchilari tomonidan tayyorlangan monografiyalar va tadqiqot natijalari bo‘yicha boshqa ilmiy ishlanmalarni nashrga tavsiya etish masalasi muhokama qilinib, bir qator xodimlarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish haqida qaror qabul qilindi.
Majlis kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.