“Fikrlar marafoni”: talabalar ishtirokida ochiq muhokamalar

“Fikrlar marafoni”: talabalar ishtirokida ochiq muhokamalar


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmon loyihasida belgilangan jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan 89-maqsadning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Fikrlar marafoni” tashkil etildi.

Tadbir davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda bakalavriat talabalari ishtirokida Farmon loyihasi, shuningdek korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Muhokamalar jarayonida talabalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq emasliklarini namoyon etib, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi taklif va mulohazalarini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.adliya.uz) orqali bildirdilar.