Dual ta’lim amalda: bo‘lajak tergovchi va prokurorlarning amaliyotga yo‘naltirilgan tayyorgarligi

Dual ta’lim amalda: bo‘lajak tergovchi va prokurorlarning amaliyotga yo‘naltirilgan tayyorgarligi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ta’lim sifatini oshirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan dual ta’lim tizimi izchil ravishda amalga oshirilmoqda

Mazkur tizim doirasida Akademiya bakalavriati “Tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishining ikkinchi va uchinchi kurslarida tahsil olayotgan 429 nafar talaba Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidagi Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari huzuridagi tergov bo‘linmalarida dual ta’lim mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Shuningdek, “Prokurorlik faoliyati” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 142 nafar talaba poytaxt va Toshkent viloyati tuman prokuraturalarida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tamoqda.

Talabalar tajribali prokurorlar va tergovchilar rahbarligida, shuningdek, Akademiyadan biriktirilgan amaliyot rahbarlari ko‘magida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘z kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlab bormoqdalar.

Fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, fuqarolar qabulini tashkil etish, protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish va tahlil qilish, hodisa joyini ko‘zdan kechirish, shuningdek, boshqa zarur protsessual harakatlarda bevosita ishtirok etish orqali talabalarning amaliy tajribasi hamda kasbiy salohiyati izchil shakllantirilmoqda.