Mustahkam hamkorlikka yo‘l: Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti bilan memorandum imzolandi

Mustahkam hamkorlikka yo‘l: Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti bilan memorandum imzolandi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti delegatsiyasining tanishuv tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif doirasida ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek qo‘shma ilmiy va amaliy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Muzokaralar jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, amaliy tayyorgarlik samaradorligini oshirish hamda xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlash sifatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki muassasa o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.