Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi” yoshlarning huquqiy tafakkurini chuqurlashtirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda sohaviy bilimlarni tahliliy yondashuv asosida namoyon etishga xizmat qiluvchi muhim intellektual maydonga aylandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Abrikulova Rayxona Yusuf qizi faxrli 3-o‘rinni egallab, yuqori darajadagi tayyorgarligini namoyon etdi.
Ushbu natija talabaning mustahkam nazariy tayyorgarligi, tahliliy fikrlashi va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi muammolarga tizimli yondashuvini aks ettirdi.
Bunday bellashuvlar talabalarda mustaqil fikrlash, kasbiy mas’uliyat va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bilan birga, korrupsiyaga qarshi madaniyatni mustahkamlashning amaliy mexanizmlaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Akademiya jamoasi Abrikulova Rayxona Yusuf qizni ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi hamda unga kelgusi o‘qish va kasbiy faoliyatida yanada yuksak natijalar tilaydi. Mazkur natija talabalarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi akademik muhit va tayyorgarlik sifatini namoyon etadi