Noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi kurashish sohasida milliy salohiyatni mustahkamlash: Akademiyaning ESCAP seminarida ishtiroki

Noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi kurashish sohasida milliy salohiyatni mustahkamlash: Akademiyaning ESCAP seminarida ishtiroki


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan noqonuniy moliyaviy oqimlarni (NMO) o‘lchash va qisqartirish masalalariga bag‘ishlab 2026-yil 24–26-fevral kunlari Bangkok shahrida tashkil etilgan xalqaro amaliy seminarda ishtirok etdilar.

Seminar doirasida noqonuniy moliyaviy oqimlar ko‘lamini baholashning zamonaviy metodologik yondashuvlari, taqqoslanadigan statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish instrumentlari, shuningdek olingan ma’lumotlarni strategik rejalashtirish va davlat boshqaruvi jarayonlariga integratsiya qilish mexanizmlari muhokama qilindi.

Shuningdek, dalillarga asoslangan boshqaruv qarorlarini rivojlantirish, Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha milliy hisobdorlikni takomillashtirish hamda NMO monitoringining institutsional mexanizmlarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminarda ishtirok etish Akademiyaning professional salohiyatini yanada oshirish, xalqaro ekspert hamkorligini kengaytirish hamda zamonaviy tahliliy instrumentlarni ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga joriy etish bo‘yicha amaliy yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qildi.