O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim formatlari izchil joriy etilmoqda.
Mazkur ishlar doirasida "Prokurorlik faoliyati" ixtisosligi talabalari uchun "LegalLens AB" advokatlik firmasi vakili S. Karimov tomonidan "Advokatlik faoliyati" mavzusida master-klass o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida ochiq muloqot shaklida ishtirokchilar amaliy keyslarni ko‘rib chiqib, advokatning himoya funksiyasini amalga oshirish xususiyatlari hamda jinoyat protsessida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ayrim jihatlarini muhokama qildilar.
Bunday mashg‘ulotlar bo‘lajak yuristlarda amaliy fikrlash, kasbiy mas’uliyat va zamonaviy huquqiy chaqiriqlarga tayyorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.