O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi organlari xodimlarining bilimi, kasbiy tayyorgarligi va mas'uliyatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta'minlash yuzasidan joriy yilning 4 yanvar kuni Nukus shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi organlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini zamon talablari asosida tashkil etish masalalari yuzasidan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda prokuratura organlari xodimlarining ehtiyojlari va kasbiy diagnostikasi natijalariga hamda prokuratura sohasida nazariya bilan amaliyot integratsiyasini ta'minlashga qaratilgan o'quv mashg'ulotlari, shu jumladan masofaviy o'qitish shakllari platformasi va boshqa dasturiy ta'minotlari ishlab chiqilganligi hamda amaliyotga joriy etilayotganligi, tergov va tergovni nazorat qilish tarmoqlari, qonunchilik ijrosi ustidan nazorat, sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash yo'nalishi va boshqa sohaviy prokuror xodimlari uchun masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, yuqorida ta'kidlangan chora-tadbirda belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida 2019 yil 16-18 yanvar kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi xodimlari uchun On-line shaklda masofadan o'qitish kurslari tashkil etilishi va mazkur kursning o'quv-metodik ta'minoti avvaldan mustaqil tayyorlanish uchun taqdim etilganligi ma'lum qilindi. Seminar ishtirokchilar bilan ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berish, muhokama shaklida o'tkazilib malaka oshirish jarayonini sifatli tashkil tashkil bo'yicha takliflar bildirildi.
Seminar yakunida prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish kurslari an'anaviy kurslar bilan birgalikda masofaviy shakllarda ham qisqa muddatli va davriy malaka oshirish kurslarini tashkil etish ishlari keng joriy etilishi ta'kidlandi.