Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda


Xalqaro migratsiya tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida grant mablag‘lari hisobidan zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar va mebel jihozlari bilan ta’minlangan xalqaro migratsiya huquqi akademik laboratoriyasi ham ochildi.

Mazkur qadam Akademiyaning migratsiya va inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Akademiyada migratsiya masalalari bo‘yicha ilmiy-ta’limiy faoliyat olib borilmoqda, shuningdek inson huquqlari yo‘nalishida magistratura ta’lim dasturi amalga oshirilmoqda. Xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro aloqalar mazkur sohadagi ilmiy izlanishlar va ta’lim tashabbuslarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Laboratoriyaning ochilishi xalqaro migratsiya huquqi va inson huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish hamda akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Imzolangan Memorandum tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma ta’lim hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun asos yaratadi.