Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanishi hamda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” shiori ostida “Makarov pistoletini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish” bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqa davomida ishtirokchi qizlar tezkorlik, aniqlik, ziyraklik va qat’iyat kabi fazilatlarni namoyon etdilar. Ularning chiqishlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ayol harbiy xizmatchilari hamda Akademiya xodimlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan mashqni bajarish vaqti asosida baholandi.
Bellashuv yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rinni Tergov faoliyati” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Zaripova Bonu, 2-o‘rinni “Tergov faoliyati” yo‘nalishi 1-kurs talabasi; Qodirova Munisabonu, 3-o‘rinni “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Orinbayeva Aksingul egalladi.
Musobaqa ko‘tarinki va do‘stona ruhda o‘tdi. G‘olibalar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.