AKADEMIYA masofaviy kurslar uchun videodarslar ishlab chiquvchi mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

AKADEMIYA masofaviy kurslar uchun videodarslar ishlab chiquvchi mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida masofaviy ta’lim tizimining sifat va samaradorligini yanada oshirish maqsadida masofaviy kurslar uchun videodarslar tayyorlash bo‘yicha mutaxassisni vaqtinchalik asosda jalb etish rejalashtirilgan.

Nomzod tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma tuziladi.

Mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:

masofaviy kurslar doirasida tayyorlanadigan videodarslar ssenariylarini ishlab chiqish jarayonida o‘qituvchilarga metodik va texnik maslahatlar berish, o‘quv materiallarini videodars formatiga moslashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish;

suflyor asosida o‘qituvchilar ishtirokida videodarslarni tasvirga olishni tashkil etish va amalga oshirish;

tasvirga olingan videodarslarni sifatli montaj qilish, ularni grafik elementlar va boshqa vizual komponentlar bilan boyitish;

tayyorlangan videodarslarni masofaviy ta’lim portaliga joylashtirish uchun moslashtirish hamda ularning ta’lim jarayonida samarali qo‘llanilishini ta’minlash;

videodarslar mazmunini aks ettiruvchi roliklar tayyorlash, ular orqali masofaviy kurslarning asosiy g‘oyasi, mazmuni va afzalliklarini namoyish etish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

videomontaj va videodarslar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishi;

Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan samarali hamkorlik qila olish, ijodiy va kreativ fikrlash, mas’uliyatli bo‘lish hamda yuklatilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda sifatli bajara olishi.

Ish shartlari:

ish muddati – 2 (ikki) oy;

ish vaqti – haftasiga 5 ish kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha (40 soatlik ish haftasi);

ish joyi – shartnomada belgilangan tartibda bevosita Akademiya binosida, shuningdek Akademiya rahbariyati roziligi bilan masofaviy shaklda ham ishlash mumkin.

Nomzod quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi lozim:

jamoa bilan ishlash qobiliyati;

mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik va ijodiy yondashuv;

mas’uliyatlilik hamda yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

Tanlovga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta);

o‘qish va ish faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnoma (rezyume yoki obyektivka);

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi (mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha sertifikatlar);

mehnat daftarchasidan ko‘chirma (mavjud bo‘lsa, mygov.uz portali orqali olish mumkin);

STIR to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Hujjatlarni topshirish muddati – 2026-yil 24-mart (shu kuni ham qabul qilinadi).

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Rixsiliy ko‘chasi, 9-uy (mo‘ljal: eski “Zenit” zavodi).

Telefon: 71 202-04-96 (1755); 93-540-35-39.