Ma’rifat va inson huquqlari: yoshlar bilan ochiq muloqot

Ma’rifat va inson huquqlari: yoshlar bilan ochiq muloqot


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni turli yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash hamda inson huquqlari va qadriyatlariga hurmat ruhini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mutaxassisi I.Bekmirzayev talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.

Muloqot davomida jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda ma’rifat, ilm-fan va sog‘lom dunyoqarashning ahamiyati, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlar ongida diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik hamda inson qadr-qimmatini ulug‘lash kabi umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash har qanday demokratik jamiyat taraqqiyotining muhim sharti ekani qayd etildi.

Uchrashuv interaktiv muloqot shaklida o‘tdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir ishtirokchilarga jaholatga qarshi kurashishda ma’rifatning ahamiyati, shuningdek inson huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilishning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida muhim tushunchalar berishga xizmat qildi.

Telegram Facebook