Ekologik mas’uliyat – Akademiya madaniyatining ajralmas qismi

Ekologik mas’uliyat – Akademiya madaniyatining ajralmas qismi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat va ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi navbatdagi amaliy qadam sifatida ko‘kalamzorlashtirish aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida Akademiyaga yaqin hududda joylashgan 191-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hududida 40 ta mevali daraxt ko‘chatlari ekib chiqildi. Tadbirda Akademiya xodimlari faol ishtirok etdilar.

Ekilgan daraxtlar qatoriga olma, o‘rik, gilos va shaftoli kiritildi. Mevali daraxtlarni tanlash ularning nafaqat ekologik ahamiyati, balki amaliy foydasi – bolalar uchun qulay va sog‘lom muhit yaratish, mikroklimatni yaxshilash hamda shahar ekotizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan izohlanadi.

Bunday tashabbuslar Akademiya tomonidan barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surish, ekologik ongni oshirish va ijtimoiy mas’uliyatni mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlar sifatida qaraladi. Ayniqsa, jamoani amaliy ekologik loyihalarga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bundan buyon ham ekologik tashabbuslarni izchil davom ettirib, tabiiy resurslarni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhit sifatini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shib boradi.

Telegram Facebook