Akademiyada yetakchi xalqaro ilmiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi

Akademiyada yetakchi xalqaro ilmiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi axborot-resurs markazining Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona elektron axborot resurslari bazalari hamda yetakchi xorijiy ilmiy nashriyotlar va ma’lumotlar bazalariga ulanishi ta’minlandi.

Jumladan, Milliy kutubxonaning media.natlib.uz, natlib.uz, diss.natlib.uz va press.natlib.uz elektron resurslariga, shuningdek EBSCO, ProQuest, Oxford University Press, PressReader, EastView, CNKI, Emerald Publishing, Wiley kabi xalqaro ilmiy platformalarga keng qamrovli kirish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga, EIFL xalqaro konsorsiumining litsenziyalangan dasturi doirasida ACM Digital Library, Royal Society Journals Collection, IWA Publishing Journals, European Respiratory Journal, Edward Elgar Publishing, e-Duke Journals Scholarly Collection kabi nufuzli ilmiy bazalardan foydalanish imkoniyati ta’minlandi.

Barcha resurslarga yagona elektron kutubxona platformasi orqali markazlashgan tarzda kirish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu foydalanuvchilar uchun qulay va samarali ishlash sharoitini yaratadi.

Yaratilgan imkoniyatlar Akademiya professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari uchun ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini oshirish, tahliliy fikrlashni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy-ta’lim makoniga integratsiyalashuvni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Telegram Facebook