Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda o'quv-seminar o'tkazildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda o'quv-seminar o'tkazildi

Joriy yilning 11 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda o'quv jarayoniga oid testlar tuzish metodikasi va ularni amaliyotda qo'llash masalalari yuzasidan o'quv-seminar o'tkazildi. Seminarda Davlat test markazi Testologiya, pedagogik o'lchovlar va ilmiy-metodik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i M.SH.Zakirova, Davlat bojxona qo'mitasining Bojxona instituti vakili va Akademiya professor-o'qituvchilari, xodimlari ishtirok etdi.

O'quv-seminarda prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta'limni joriy etish sifatini oshirish maqsadida turli xil testlarni tuzish qoidalari, qiyinlik darajalariga ko'ra shakllantirish va boshqa o'ziga xos xususiyatlari atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, bilim va ko'nikmalarini aniqlashda yopiq turdagi testlarni qo'llash hamda kreativ fikrlashini rivojlantirish maqsadida ochiq turdagi testlardan foydalanishning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi.

Shuningdek, hozirgi davrning talabi sifatida o'quv jarayonini oddiydan murakkablikga qarab tashkil etish maqsadida testlarni qiyinlik darajalariga ko'ra tabaqalashtirish zarurligi  ta'kidlandi. Bunda testlarning qiyinlik darajasini dastlab eslash, xotirlashga yo'naltirish va o'ylash, fikr yuritish, mulohaza qilishni talab etish hamda o'zlashtirilgan bilimlarni ijodiy bajarish, nostandart holatlarda bilimlarni qo'llash qobiliyatini aniqlash darajasigacha olib chiqish tavsiya qilindi.