O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Navro‘z umummilliy bayrami munosabati bilan “An’ana, urf-odat va qadriyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida kitobxonlik musobaqasi o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining kitobxonlik madaniyati, bilim saviyasi va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Musobaqa bir necha shartlar asosida tashkil etilib, unda talabalar badiiy asarlar mazmunini tahlil qilish, savol-javob jarayonlarida faol ishtirok etish hamda o‘z fikrlarini erkin va asosli bayon etish bo‘yicha bellashdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, milliy an’analar, urf-odatlar va qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish, shuningdek ularning ma’naviy va intellektual dunyoqarashini boyitishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar munosib ravishda taqdirlandi.
Bunday tadbirlar yoshlarda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ma’naviy jihatdan yetuk, keng dunyoqarashga ega shaxslar sifatida kamol topishiga xizmat qiladi.