Kasbiy muloqotni mustahkamlash: Akademiyaga Belarus Respublikasi Tergov qo‘mitasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

Kasbiy muloqotni mustahkamlash: Akademiyaga Belarus Respublikasi Tergov qo‘mitasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga Belarus Respublikasi Tergov qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.I.Vasilev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Belarus tomoni vakillariga Akademiya faoliyati, uning tashkiliy tuzilmasi, ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek prokuratura va tergov organlari uchun kadrlar tayyorlashga xizmat qilayotgan zamonaviy ta’lim infratuzilmasi haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Muloqot chog‘ida ta’lim jarayonini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish usullari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida delegatsiya Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishib, uning ilmiy salohiyati va amaliy ahamiyatiga alohida qiziqish bildirdi.

O‘zaro fikr almashuv jarayonida tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan qo‘shma ta’lim dasturlari, tajriba almashish va ilg‘or amaliyotlarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.

Tashrif konstruktiv va amaliy ruhda o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga kelishib olindi.

Telegram Facebook