Mahallada jinoyatlarni barvaqt oldini olish: ilmiy yondashuvlar va amaliy yechimlar muhokama markazida

Mahallada jinoyatlarni barvaqt oldini olish: ilmiy yondashuvlar va amaliy yechimlar muhokama markazida

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari ishtirokida Kriminologiya tadqiqot institutida “Mahalla yettiligi” faoliyatida jinoyatlarni barvaqt oldini olishning samarali mexanizmlari va ilg‘or tajribalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tadbirda Akademiya markazi boshlig‘i Sh.B.Mustafayev ishtirok etib, “Jinoyatlarni oldini olish va profilaktika qilishning kompleks tizimini takomillashtirish: ilmiy va amaliy yondashuvlar” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada jinoyatlarni barvaqt oldini olish va profilaktika qilish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, mazkur jarayonga ilmiy yondashuvlarni chuqur joriy etish hamda ilg‘or amaliy mexanizmlarni samarali tatbiq etish masalalari atroflicha yoritildi.

Shuningdek, profilaktika faoliyatida kompleks yondashuvni kuchaytirish, idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishning dolzarb jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Konferensiya doirasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, mahalla tizimida profilaktika samaradorligini oshirish hamda sohada zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jinoyatlarni oldini olish va profilaktika qilish sohasida ilmiy-tahliliy salohiyatni yanada mustahkamlash, shuningdek, amaliyotga yo‘naltirilgan ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda.

Telegram Facebook