O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ishchi guruhi tomonidan respublikamiz hududlarida, mahallalarda kriminogen vaziyatni o‘rganish bo‘yicha komleks-chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Joriy yilning mart oyida Toshkent viloyatining Olmaliq shahrining “Alisher Navoiy”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Temur Malik” hamda “Xamza” mahallalarida kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari, ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar, shuningdek amaldagi profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligi atroflicha tahlil etildi.
Akademiya tomonidan jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan faoliyatni metodik jihatdan ta’minlash, ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratiladi.
Olib borilayotgan tahlillar natijalariga ko‘ra, har bir mahallaning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ular kelgusida jinoyatchilik profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritalari”ga kiritiladi.